07:51 / 17.07.2016
3975

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarga Turkiyaga safarlarini bekor qilishni tavsiya qilmoqda

Google image

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Turkiya hududida yuqori xavf darajasi mavjudligidan ogohlantirdi va ularga Turkiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda. 

"15 iyulda davlat to‘ntaruvi va uning oqibatlari sababli biz ayni vaqtga AQSh fuqarolariga Turkiyaga safarlarini ko‘rib chiqishlarini tavsiya qilamiz", deyilmoqda bayonotda. 

Bundan tashqari, Davlat departamenti amerikaliklarni Turkiyaning butun hududi bo‘ylab terrorchilik guruhlari tomonidan yuqori xavf mavjudligidan ogohlantirmoqda va mamlakatning Suriya bilan chegaradosh hududiga safarlardan qochishni tavsiya qilmoqda.

Top