17:55 / 17.07.2016
5569

Yamaldagi yong‘inda to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumdi

© RIA Novosti. Yuriy Lashov

Yamaldagi Labitnangi shahrida joylashgan ko‘p vaqatli turar-joyda kelib chiqqan yong‘in oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

“O‘n kishi jabrlangan, ulardan to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Marhumlar orasida ikki nafar go‘dak ham bor, yana biri shifoxonaga yotqizilgan”, - deb xabar bermoqda favqulodda xizmatlar vakili.

Ma'lum qilinishicha, uydan 23 kishi ko‘chirilgan, ular orasida ikki bola ham bor.

Aytishlaricha, ikki yo‘lakli  va ikki qavatli eski uyda elektr uzatgichlaridagi nosozlik tufayli yong‘in chiqqan.

Mavzuga oid
Top