12:49 / 17.07.2016
22133

Yerevanda qurolli isyon boshlangani haqida e'lon qilindi

© skrinshot YouTube

Armaniston poytaxti Yerevan yaqinidagi Erebuni tumanida politsiya polki binosini egallab olgan qurolli guruh mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartirish da'vosi bilan chiqdi.

TASS agentligining respublika politsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, guruh "qurolli isyon" boshlanganini e'lon qilgan va Armaniston hukumatida iste'foga chiqishni talab etmoqda.

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, hujum qiluvchilar bino ichidagi odamlarni garovga olgan. Hujum vaqtida 1 kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan.

Ayni vaqtda hududga harbiylar yuborilgan. Isyonchilar vakillari bilan muzokara boshlangan.

Dastlabki xabarlarda guruh vakillari Qorabog‘ mojarosi ishtirokchisi, «Yangi Armaniston» jamoat qutqaruv jabhasi, radikal muxolif siyosatchi Jirayr Sefilyanni hibsdan ozod etishni talab qilayotgani aytilgandi.

Hududga olib boruvchi yo‘llar yopilgan.

Top