10:37 / 17.07.2016
14217

"Xamas" yetakchisi Erdo‘g‘an sharafiga tort pishirtirib, ko‘chalarga minglab namoyishchilarni olib chiqdi

"Xamas" radikal harakati yetakchisi Ismoil Haniya Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lgan isyonchilar ustidan g‘alaba bilan tabrikladi va Erdo‘g‘an bilan birga tushgan surati tushirilgan tort pishirtirdi. Bu haqda Israel Breaking agentligi tvitterda ma'lum qildi.

Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari, Isroil, Kanada, AQSh va Yaponiyada terrorchilik harakati deb tan olinuvchi harakat yetakchisi Haniya shuningdek o‘z akkauntida G‘azo sektori ko‘chalariga Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlab minglab namoyishchilar chiqqani tasvirlangan suratlarni chop etdi. 

Aholini namoyish o‘tkazishga "Xamas" a'zolari chaqirdilar. Turk OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avvalroq Istanbulda Haniya va Erdo‘g‘an o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isroil gazining Turkiyaga yetkazilishi shartlari muhokama qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top