22:51 / 17.07.2016
5332

Malaysia Airlines va MH17 reysi qurbonlari tovon puli berilishiga kelishdilar

Malaysia Airlines aviakompaniyasi Ukrainada falokatga uchragan Boeing yo‘lovchi samolyoti qurbonlarining ko‘pchilik qarindoshlari bilan tovon puli berilishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar, deb xabar bermoqda NOS.

Ayni vaqtda bu haqdagi xabar rasman ma'lum qilinmagan, chunki tomonlar bu kelishuvga maxfiy ravishda erishganlar. 

Ta'kidlanishicha, tovon puli miqdori 130 ming yevroga yetishi mumkin. Avvalroq OAVda 37 ming yevrolik tovon puli haqida gapirilgandi. 

Avvalroq Niderlandiya prokuraturasi samolyotning Donbassda falokatga uchrashi ishi bo‘yicha hisobotni ma'lum qilgandi.  

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga qaytayotgan Boeing 777 samolyoti 2014 yil 17 iyulda urib tushirilgan. Samolyot bortida 283 yo‘lovchi va ekipajning 15 a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Top