20:41 / 17.07.2016
9235

Ronaldu Yevro-2016 g‘olibligi uchun olgan mukofotini bolalar rakiga qarshi kurash fondiga topshirdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionatidagi g‘oliblik uchun berilgan mukofot pulini xayriya maqsadida yo‘naltirdi.

Xabar qilinishicha, futbolchi 275 ming yevro miqdoridagi mablag‘ni bolalardagi onkologik xastaliklarga qarshi kurashuvchi fond hisobiga o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, futbolchi Yevropa chempionlar ligasidagi g‘oliblik uchun o‘ziga to‘langan bonus mablag‘larni ham shu maqsadga yo‘naltirgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top