14:34 / 18.07.2016
5245

Afg‘onistonda 9 nafar tolibon jangarisi yo‘q qilindi

Foto: Reuters

Afg‘oniston shimoli-g‘arbiy viloyati Badgisda hukumat xavfsizlik kuchlarining "Tolibon" radikal guruhi jangarilari bilan qurolli to‘qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida, kamida 9 nafar jangari yo‘q qilingan, deb xabar qilmoqda TOLO News telekanali mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda. 

Viloyat politsiyasi rahbari Abdul Rauf Tojning xabariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuv, jangarilarning politsiya postiga hujum uyushtirganlaridan so‘ng, yuz bergan.  

"Jang 10 soatga yaqin davom etgan, jangarilarning barchasi politsiya hodimlarining ashaddiy qarshiligiga duch kelgach, hududni tark etishga majbur bo‘lgan", — deb bayonot bergan politsiya vakili. 

Top