09:31 / 18.07.2016
4543

Baton-Rujda politsiyachilarni otgan mergan AQSh armiyasi safida Iroqda xizmat qilgan

Luiziana shtatining Baton-Ruj shahrida 3 politsiyachini otib o‘ldirgan Gevin Long 3 yil davomida harbiy dengiz piyoda kuchlari safida Iroqda xizmat qilgani aniqlandi. U huquq tartibot organlari tomonidan afroamerikaliklarga ko‘rsatilgan zulmdan norozi bo‘lgan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.

New York Times ma'lumotiga ko‘ra, Long 2005 yili AQSh Harbiy-dengiz piyoda qo‘shinlari safiga chaqirilgan. 

Qayd etilishicha, u 2008-2009 yillarda Iroqda bo‘lgan.

CBS News ma'lumotiga ko‘ra, u 2010 yili serjant darajasidaligida xizmatdan bo‘shatilgan.

Bundan oldinroq, u o‘zining tug‘ilgan kunida, 29 yoshga chiqqan kunida politsiyachilarga hujum qilgani haqida xabar berilgandi.

17 iyul, yakshanba kuni soat 19:00 atrofida uch nafar politsiyachi o‘qotar quroldan yaralangan. Ular og‘ir jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Zobitlarga o‘q uzgan shaxs jonsiz holatda topilgan.

Top