19:33 / 18.07.2016
9497

Fransiya bosh vazirining Nitstsaga tashrifi xalqning noroziligiga sabab bo‘ldi

Foto: Copyright

Nitstsada sodir bo‘lgan terakt qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun tashrif buyurgan Fransiya vazirlar mahakamasi rahbari Manuel Valsni xalq norozilik kayfiyatida qarshi oldi. Bu haqida Le Figaro nashri ma'lum qildi. 

Vals Nitstsadagi terror qurbonlari xotirasiga umummilliy sukut saqlash marosimida qatnashish uchun tashrif buyurdi. Bosh vazir va uning hamrohlari ommada paydo bo‘lishi bilan yig‘ilganlar hushtak chalib va shovqin ko‘tarib, o‘z noroziliklarini bildirishdi. 

Ba'zilar hukumat rahbari iste'fosini talab qilishdi hamda  “Sharmanda!”, “Qotillar!” deya qichqirishdi. 

Manbaga ko‘ra, bosh vazir ketayotgan chog‘ida ham norozilik namoyishi va hushtaklar bilan kuzatilgan. 

18 iyulda chop etilgan ijtimoiy fikr so‘rovnomasiga ko‘ra, fransuzlarning 67 foizi mamlakat prezidenti Fransua Olland va uning hukumati fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashga hamda terrorchilikni mag‘lub qilishga qodir emas, deb hisoblaydi. 

 

Top