08:42 / 18.07.2016
19512

Istanbulda favqulodda vaziyat joriy etildi

Foto: EPA

Istanbulda yana favqulodda vaziyat joriy etildi, shaharga politsiya maxsus kuchlarining qo‘shimcha 1,8 ming xodimi tashlangan. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma'lum qildi

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, shahar politsiyasi boshlig‘iga tegishli ruxsatsiz havoga ko‘tarilgan vertolyotlarni urib tushirish buyurilgan. Ko‘chalar politsiyaning kuchaytirilgan naryadlari bilan nazorat qilinmoqda.    

17 iyulda harbiy to‘ntaruvga urinish ishtirokchilari va hukumat kuchlari o‘rtasida Istanbulning Sabixi Gekchen xalqaro aeroporti yaqinida va Ko‘nya shahridagi aviabazada to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top