11:22 / 18.07.2016
5983

NASA xalqaro fazo stansiyasiga parvozni amalga oshirdi

Foto: AP

Falcon 9 raketasi AQShning Florida shtati Kanaveral burni kosmodromidan fazoga ko‘tarildi. U, bortida 2 tonnadan ortiq yuk bo‘lgan Dragon fazo kemasini orbitaga olib chiqishi kerak. Kosmik kema 20 iyulda Xalqaro fazo stansiyasiga yetkazishi lozim, deb xabar qilmoqdda NASA agentligi.

Raketaning parvozi Toshkent vaqti bilan 9:45 da amalga oshirilib, 20 iyulda Xalqaro Fazo stansiyasiga ulanadi. 

"Ko‘rsatkichlar joyida, qurilma reja asosida harakatlanmoqda. Uning birinchi bo‘limi ajralib bo‘ldi", — deyiladi xabarda. Bundan tashqari, Dragon stansiyadan yuklarni olib 29 iyulda yerga qaytadi. 

Falcon 9 raketasining birinchi bosqichi parvozdan so‘ng, raketadan ajralib, Toshkent vaqti bilan 9:53 da Kanaveral burnidagi maxsus platformaga tik silliq qo‘nishni amalga oshirgan. 

Top