15:18 / 18.07.2016
6185

Nukus vokzalining ta'mirlash ishlari yakuniga yetmoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Nukus vokzalining ta'mirlash ishlarini yakuniga yetkazmoqda. Bu haqda kompaniya ma'lumotida xabar berilmoqda.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, rassomlar va  me'morlar o‘z ishlarini yakunlab qolishgan.

Yangi vokzalda yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, deb ma'lum qilmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ.

Bu yerda chiptalar sotuvi uchun yangi chiptaxona, “Onalar va bolalar xonasi” va oshxona qurilgan. Vokzalda iqtisodiy tejamkor yoritish tizimidan foydalaniladi.
Tibbiyot punkti va mehmonxona zamonaviy qurilmalar bilan jihozlantirilgan. Kutish zalida maxsus sovutish tizimi o‘rnatilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top