12:29 / 18.07.2016
13522

Politsiya Olmaota vokzalini o‘rab oldi

Olmaota shahrida aksilterror amaliyot doirasida politsiyachilar vokzalni o‘rab olishgan. Bu haqda TASS agentligi mahalliy nashrlarga asoslanib xabar tarqatdi.

Shahar markazidagi Almalinsk tumanidagi IIV binosiga qurollangan shaxslar hujum uyushtirishi oqibatida 2 politsiyachi halok bo‘lgan. Shuningdek, 7 nafar jarohatlangan politsiyachi reanimatsiyaga yotqizilgan. Tinch aholi vakillari orasida jabrlanuvchilar yo‘q.

Hujum qilganlarning biri o‘ldirilgan va yana biri qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top