08:03 / 18.07.2016
7577

Ronaldino: Messi hali ham dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi

“Barselona”ning sobiq o‘yinchisi, mashhur Ronaldino o‘zining sobiq klubdoshi Lionel Messini Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi finalida Chiliga yutqazganidan keyin terma jamoadan ketishga qaror qilganiga qaramasdan, dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb hisoblashini aytdi.

"Mening Messi haqidagi fikrim u terma jamoadan ketgandan keyin o‘zgarmadi. U hali ham dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi, men uni hurmat qilaman. U agar Argentina terma jamoasini haqiqatda tark etishga qaror qilgan bo‘lsa, unda uning yo‘qligi fanatlarga bilinadi", deb aytib o‘tdi Ronaldino.

Top