16:25 / 18.07.2016
8789

Ronalduning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi

"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 turniri finalida olgan jarohatidan faqat sentabr oyida tiklanadi va safga qaytishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq, futbolchi jarohat tufayli 9 avgust kunida "Sevilya"ga qarshi UYeFA Superkubogi uchrashuvida ishtirok eta olmasligi ma'lum qilingandi. U avgust oyida mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin, lekin u faqat sentabr oyidagina sport formasini tiklab maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. Madridliklar jamoasi shifokorlari shunday qaror qabul qilishgan.

Shu tariqa, Ronaldu JCh-2018 saralashi doirasida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi 6 sentbr kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok eta  olmaydi. Uning jarohatdan keyingi ilk o‘yini Ispaniya chempionatining 3-turida "Osasuna" jamoasiga qarshi 11 sentabr kuniga belgilangan uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda.

Ronaldu Ispaniya chempionati startidagi "Real Sosedad" (21 avgust) va "Selta" (28 avgust) jamoalariga qarshi bahslarni esa o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Top