07:21 / 18.07.2016
3976

Tramp AQShda "yetakchilikning yetishmasligini" Baton-Rujdagi otishmaga sabab deb aytdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp feysbukda Luiziana shtatidagi Baton-Ruj shahrida politsiyachilarning o‘qqa tutilishiga izoh berdi.

Tramp otishmada halok bo‘lgan politsiyalar uchun xalq bilan birga qayg‘udaligini yozgan.

"Mamlakatimizda yetakchilikning yetishmasligi sababli huquq-tartibot muassasalarining qancha xodimi va odamlar o‘lishi kerak? Biz qonuniyat va tartibni talab qilamiz", deb ta'kidlab o‘tdi milliarder.  

Avvalroq politsiyachilar otishmani uyushtirishda gumonlanayotganlarning birining jasadi yoniga portlovchi modda bor-yo‘qligini bilish uchun robot yuborganlari ma'lum qilingandi. 

17 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 9.00da Baton-Ruj politsiyasi Eyrlayn Xayuey ko‘chasiga "avtomat bilan yurgan shubhali kimsa" haqidagi xabarga ko‘ra yetib kelgan. Ular voqea joyiga kelishganda noma'lumlar ularga qarata o‘q uza boshlagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana 3 nafari turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shahar politsiyasi jinoyatchilardan biri o‘lgani, biroq yana ikki nafari ozodlikda ekanini ma'lum qilgan.    

Top