12:46 / 19.07.2016
6770

Afg‘oniston sharqida kutilmaganda boshlangan suv toshqini 17 kishini hayotdan olib ketdi

Foto: RIA

18 iyul tunda Afg‘onistonning sharqida joylashgan Xost provinsiyasida nogoh boshlangan kuchli jala va suv toshqinlari kamida 17 kishini hayotdan olib ketdi.

"Kutilmaganda boshlangan kuchli va suv toshqini 17 kishini, jumladan, 6 nafar ayol va 8 bolaning umriga zomin bo‘ldi. Bu falokat 18 iyul tunda, Salar va unga yaqin tumanlarda kuzatildi", — deb ma'lumot bergan Xost provinsiyasi tabiiy ofatlarni bartaraf etish boshqarmasi boshlig‘i Shadam Halol. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Suv toshqinlari oqibatida bir qancha binolar vayron bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan.

 

Top