09:18 / 19.07.2016
3093

AQSh Iroq uchun yana 2 mlrd dollar yordam puli ajratilishiga umid qilmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlari donor-davlatlardan Iroq ehtiyojlari uchun qo‘shimcha 2 mlrd dollar ajratilishiga umid qilmoqda.

Reuters xabariga ko‘ra, AQSh Davlat departamentining yuqori martabali amaldori jurnalistlarga rasmiy Vashington Iroqqa zarur yordamni shu hafta davomida ajratishni rejalashtirganini aytgan.

Bundan oldinroq, Pentagon rahbari Eshton Karter Bag‘dodga kelgani va Vashingtonning Iroqda IShIDga qarshi harbiy harakatlar uchun 560 nafar harbiy ajratishi haqida ma'lum qilgandi.

O‘tgan haftada AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri 20 iyul kuni IShIDga qarshi kampaniyaning istiqboldagi rejalarini muhokama qilishi ma'lum bo‘lgandi.

Top