18:21 / 19.07.2016
4706

«Arsenal» fanati «Tottenhem» muxlisiga buyragini berib, donorlik qildi

Londonda «Arsenal» va «Tottenhem» jamoalari prinsipial raqib hisoblanadi. «Tottenhem» futbolchilariga qizil rangli mashina olish, shunday kiyimda yurish taqiqlanadi, lekin hayotda...

«Tottenhem» muxlisi Tim Rid jiddiy kasalga yo‘liqdi va uning buyragi ishdan chiqdi. Bemorga tezda boshqa buyrak qo‘yish kerak edi. Shu vaqtda Timga do‘sti Deni yordam berdi. U «Arsenal» muxlisi...

«U men va oilam uchun ta'riflab bo‘lmas yaxshilik qildi. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, menga bitta buyragini berdi.

Sen - qahramonsan, tengsiz do‘stsan, unutma. Jin ursin, «kanonir» bo‘lsang, ham senday do‘stim borligi bilan faxrlanaman»,- deb yozadi Tim ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manba: Tribuna.uz

Top