18:57 / 19.07.2016
5429

Eronda iPhone savdosi taqiqlanishi mumkin

Google image

Eron hukumati AQShning iPhone kompaniyasiga shart qo‘ydi. Agar mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi korxona Eronda rasmiy ofislarini ochmaydigan bo‘lsa, mahalliy hukumat bozorlardan barcha iPhone'larni chiqarib tashlashi mumkin.

«Agar Aprle Eronda rasmiy do‘konlarini ochmaydigan bo‘lsa, iPhone bozordan chiqarib tashlanadi»,- deydi Eron kontrabandaga qarshi kurashish agentligi rahbari.

Hozirda Aplle'ning ko‘plab mobil qurilmalari Eron hududiga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilmoqda. Eronga qarshi qo‘yilgan sanksiyalar sabab Aplle telefonlarini mamlakat hududida sotolmaydi, lekin Aplle sanksiyalarni bu yilcha olib qo‘yilishiga erishishi mumkin.

Erondagi holat bo‘yicha Aplle hech qanday ma'lumot bermagan.

Top