17:11 / 19.07.2016
10693

Fransiyalik ayol va uning uch qizi noma'lum erkak tomonidan pichoqlandi

Foto: Global Look Press

Noma'lum erkak 19 iyul, seshanba kuni Yuqori Alp boshqarmasida (mamlakatning janubi-sharqi) bir ayol va uning uch qiziga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqida BFM-TV telekanali xabar berdi

“Pichoq bilan qurollangan erkak ko‘chada ketayotgan ayol va uning uch qiziga hujum qilib, ularga jarohat yetkazdi. Voqea Yuqori Alp boshqarmasida joylashgan sayyohlik oromgohida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi darhol qo‘lga olindi”, - deyiladi telekanal xabarida. 

AFP ma'lumotiga ko‘ra, “hujum sabablari hozircha aniqlanmagan”. “Qizlardan birining ahvoli og‘ir”, - deya ma'lum qiladi AFP.

Top