09:49 / 19.07.2016
12607

Gvatemala qamoqxonasida qo‘zg‘olon: qurbonlar bor

Foto: Prensa Libre

Gvatemalaning Pavon qamoqxonasida sodir etilgan qo‘zg‘olon qurbonlari soni 13 kishiga yetdi, deb ma'lum qilgan mamlakat IIV Fransisko Rivas matbuot anjumanida. 

Avvalroq, 5 kishi, xususan 1998-yilda huquq himoyachisi Xuan Xerardi va gvatemalalik rohibni o‘ldirganligi uchun 17 yildan beri qamoqda o‘tirgan kapitan Bayron Lima Oliva ham borligi xabar qilingan edi. 

Prensa Librening ma'lumotlariga ko‘ra, isyon ishtirokchilaridan 3 nafarining jasadi qamoqxonaning hovlisida yoqib yuborilgan, yana bir necha kishining boshi tanasidan judo qilingan. 

Mazkur isyonga axloq tuzatish muassasasidagi ta'sir doirasiga oid tortishuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Qamoqxona mahbuslari orasida ichki qoidalar nazoratini qo‘liga olgan Lima Oliva, u yerda giyohvand moddalar tarqalishini taqiqlagan. Bu esa, 2008-yili bir necha xorijlikni o‘ldirgani uchun 800 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Takero ismli boshqa bir qotilga yoqmagan ko‘rinadi. 

Ayrim ma'lumotlarga binoan, Lima Oliva qamoqxona ichkarisida intervyu berayotganida o‘ldirilgan, OAV xodimi ham qurbonlardan biri bo‘lishi mumkin. 

Top