15:43 / 19.07.2016
4943

Glazgoda ikki nafar mast uchuvchi qo‘lga olindi

Foto: swns

Shotlandiya politsiyasi havo kemasi kapitani va uning yordamchisini qo‘lga oldi. Ular, samolyotlari Glazgo aeroportidan uchib ketishi avvalida alkogolli ichimlik ta'sirida bo‘lgan, deb xabar qilmoqda mahalliy STV telekanali.

Telekanalning xabar qilishicha, Kanadaning Air Transat aviakompaniyasi samolyotining ekipaji, havo kemasi parvozidan birmuncha vaqt avvalroq shovqin ko‘targan. Samolyot mahalliy vaqt bilan 18-iyul soat 13:00da Torontoga uchishi kerak bo‘lgan. 

"39 va 37 yoshli ikki nafar erkak, temir yo‘l va havo transportidagi xavfsizlik to‘g‘risidagi 2003-yili qabul qilingan Qonunga muvofiq mast bo‘lganini politsiya mahkamasi tasdiqlay oladi. Ular, 19-iyul kuni Peysli sherifi sudi oldida javob beradi", — deya mahalliy politsiya vakili so‘zlarini keltiradi telekanal. 

Shu munosabat bilan ortga surilgan parvoz yo‘lovchilariga mehmonxonadan joy berilgan. 

Top