00:16 / 19.07.2016
13416

Olimlar semirishning asosiy sababini aniqlashdi

Avstraliyalik tadqiqotchilar miya faoliyatining buzilishi semirishning muhim sabablaridan biri ekanini aniqlashdi. Bu haqda Society for the Study of Ingestive Behavior nashri xabar qiladi.

Avstraliyaning Makkuori universiteti olimlari o‘tkazgan tajribalarida inson ovqatlanishiga keraksiz xotirani yo‘qotishga mas'ul bosh miya a'zosi —  gippokamp ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘ngillilar bilan o‘tkazilgan tajriba jarayonida zararli ovqatlar iste'mol qilgan qatnashchilarning xotira va ta'limga oid vazifalarni bajarishi qiyin kechdi. 

Mutaxassislar fikricha, gippokampning normal ish vaqtida insonda ovqat haqidagi fikrlar faqatgina och qolgandagina paydo bo‘lishi kerak. Agarda miyaning bu qismi faoliyati ishdan chiqsa, inson organizmiga taom tanovul qilish ehtiyoji tinimsiz paydo bo‘la boshlaydi.

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, gippokamp faoliyati   hozirda ommalashib borayotgan g‘arbiy parhezga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Ma'lumki, bu parhezga amal qilish paytida organizm uglevod va saxarozani kerakli miqdorda qabul qilmaydi va shunda tanaga ortiqcha yog‘ ham yig‘ilmaydi. Aynan shu sababli inson bosh miyasiga to‘yimli ovqat haqidagi yaxshi xotiralarni «sekinlashtirish» qiyinchilik tug‘diradi va odam taom yeyishni istamasa ham o‘zini och qolgandek his etadi.
 

Top