14:53 / 20.07.2016
16694

Erdo‘g‘anning FaceTime orqali CNN Türk televideniyesiga qo‘ng‘irog‘i tafsilotlari

“CNN Türk” telekanali boshlovchisi Hande Firat  Germaniyaning Bild jurnaliga bergan intervyusida Turkiya prezidenti bilan harbiy to‘ntaruv harakatining eng avjida Erdo‘g‘anning yordamchisi bilan aloqa vositalarini muhokama qilganini so‘zlab berdi. Oxir-oqibat jurnalist ayol va prezident tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘ng‘iroqni Apple videoaloqasi bo‘lgan FaceTime orqali amalga oshirishgan. 

Firatning so‘zlariga ko‘ra, 15 iyul, juma kuni u uchun oddiy ish kuni bo‘lgan: u ish kunini tugatib, uyiga borgan va dam olmoqchi bo‘lgan. Ayolning hamkasblari Anqarada g‘alati voqealar sodir bo‘layotganini aytishgan: ko‘chalarda zobitlar paydo bo‘lgan, ularning ba'zilari politsiya xodimlarining qurollarini tortib olgan. Shu tariqa jurnalistni “CNN Türk” yangiliklar studiyasiga qaytarishgan. 

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yordamchilaridan biri - Hasan Do‘g‘an jurnalistni prezident matbuotda chiqish qilmoqchi ekanligini aytib ogohlantirgan. O‘sha payt davlat rahbari Marmaris mehmonxonasida bo‘lgan. 

“Men matbuot uchun muhim xabar borligini ma'lum qildim. Bir soat o‘tdi hamki,  xabardan darak yo‘q, keyin ma'lum bo‘lishicha, shu payt prezident joylashgan mehmonxona ustidan ikki vertolyot o‘q ochgan bo‘lgan ekan. 

Firat prezident yordamchisiga qayta murojaat qilib, millat oldida vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ragan. Biroq Erdo‘g‘anning yordamchisi xabar berilib bo‘lganligini aytgan. 

“Biz Periscope orqali xalqqa xabar berdik”, - deya javob bergan Do‘g‘an. Shunda Firat u haqida ko‘pchilik hech narsa bilmasligi, “CNN Türk” telekanali uchun ham maxsus xabar berishni so‘raydi.

“O‘sha payt mehmonxonaga uyushtirilgan hujum tufayli hamma u yerni tark etib ulgurgan, shu bois na kamera, na biror bir uskuna bo‘lmagan. Men buni telefon orqali amalga oshirishni taklif qildim. U prezident bilan maslahatlashib, menda Skayp bor yoki yo‘qligini so‘radi. Men ularga buni FaceTime orqali amalga oshirishni taklif qildim. Ular darhol menga FaceTime’dan qo‘ng‘iroq qilishdi va men ekranda prezidentni ko‘rdim”, -deydi Firat. 

Mavzuga oid
Top