15:38 / 20.07.2016
13710

Qozog‘iston tashqi qarzi 154 mlrd dollardan oshdi

2016 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining tashqi qarzi 531,5 mln dollarga ortib, 154 mlrd dollarga yetgan. Tashqi qarz hajmining oshishi, firmalararo qarzning o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, u 1 mlrddan ortiqqa ko‘tarilgan va 82,8 mlrd dollarni tashkil etgan, deb xabar qilmoqda Finprom.kz

Iqtisodiyotdagi turg‘unlik sharoitida, tashqi qarzning YaIMga nisbati o‘sib, 92,3 foizni tashkil etgani qayd etilgan. 

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, firmalararo qarzdorlik 82,8 mlrd dollarga yetgan (mamlakat umumiy tashqi qarzining 53,8 foizini tashkil etadi). Agar, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha qarzdorlik hisobga olinmasa, mamlakat tashqi qarzi 471,2 mln dollarga kamayib, 71,146 mlrd dollarga tushgan.

Davlat tashqi qarzi esa, birinchi chorakda 15,9 mln dollarga oshgan va 12,2 mlrd dollarga yetgan. Davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz miqdori 141,12 mlrddan iborat bo‘lgan. Bu jami tashqi qarzning 91,6 foizi demakdir. Hozirgacha, Niderlandiya (43,7 mlrd dollar) Qozog‘istonning asosiy tashqi kreditori bo‘lib qolmoqda. 

2016 yilning dastlabki 3 oyi mobaynida mamlakatga 136,3 mlrd dollar xorijiy valyutada jalb etilgan. 
 

Mavzuga oid
Top