09:12 / 20.07.2016
4904

Malida harbiy bazaga hujum vaqtida 17 askar o‘ldirildi

Foto: Reuters

Mali markazidagi hukumat kuchlarining harbiy bazasi jangarilar tomonidan egallanishi davomida kamida 17 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan va 35 kishi jarohatlangan. Bu haqida Agence France Press nashriga asoslanib TASS agentligi xabar tarqatdi.

Dastlabki xabarlarda 12 kishining o‘limi va 27 kishining jarohatlangani haqida aytilgandi.

Bu hujum uchun javobgarlikni fulbe qabilasi zimmasiga olgan.

Malining markaziy qismida, poytaxt Bamako shahridan 510 km masofada joylashgan Nampala shahriga 19 iyul kuni ertalab hujum uyushtirilgan. Hukumat qo‘shinlari qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Mavzuga oid
Top