18:38 / 20.07.2016
8602

"MYu"ning 20 yoshli futbolchisi sotilgan futbolkalari soni bo‘yicha Messi va Ronalduni ortda qoldirdi

"MYu"ning 2015 yil yozida transfer qilingan 20 yoshli hujumchisi Antoni Marsiyal o‘z nomi tushirilgan futbolkalar sotilishi orqali klub uchun deyarli 3 million yevro foyda keltirdi.

Bu borada u hatto Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan.

Marsiyalning "Monako"dan transfer qilinishi "qizil iblislar" jamoasi uchun 36 mln funtga tushgandi. U shu vaqtgacha jamoa safida barcha turnirlarda 51 uchrashuvda maydonga tushdi va 17 gol urib, 8 marta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top