15:45 / 21.07.2016
8218

Afg‘on harbiylari bir sutka ichida 120 nafar jangarini yo‘q qilishdi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari so‘nggi sutkalar ichida mamlakatning bir qator provinsiyalarida maxsus operatsiyalar davomida kamida 120 jangarini yo‘q qilishdi. Bu haqida mamlakat Mudofaa vazirligi ma'lumotiga asoslanib, Sinxua xabar berdi. 

Vazirlikning ma'lum qilishicha, IShIDning deyarli 50 nafar jangarisi Afg‘onistonning sharqiy provinsiyasi bo‘lgan Nangarxarda yo‘q qilingan. "Tolibon" radikal harakatining 20 nafardan ortiq jangarisi mamlakat janubidagi G‘ilmon viloyatida o‘ldirilgan. Yana 50 nafar jangari Paktiya sharqiy provinsiyasida yo‘q qilingan. 

Reyd davomida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari jangarilarning qurol-yarog‘i va harbiy anjomlarini olib qo‘yishga hamda qo‘lda yasalgan portlovchi moddalarni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Maxsus operatsiya davomida mamlakat qurolli kuchlari safida xizmat qilgan 4 nafar kishi halok bo‘lgan. 

Shuni ta'kidlash lozimki, so‘nggi paytlarda Afg‘onistondagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. "Tolibon" radikal harakati yirik shaharlarga hujum qilishni boshladi. Shu bilan birga Afg‘oniston hududida IShID terrorchi guruhining faoliyati ham oshib bormoqda. 
 

Top