11:40 / 21.07.2016
9370

Erdo‘g‘on: Anqara Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchilarning isyonga aloqasini o‘rganmoqda

Suriyada Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirgan uchuvchilarning turk muxolifat yetakchisi Fathulloh Gulen bilan aloqasi aniqlanmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qatarning Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot bergan

"Biz, isyonchilar guruhining Rossiya samolyoti urib tushirilgani bilan bog‘liq hodisaga aloqadorligini bilmaymiz", - degan Erdo‘g‘on. U, shuningdek, tergovchilarda allaqachon dalillar bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. 

"Barchasiga sud oydinlik kiritadi", - deb xulosa qilgan Erdo‘g‘on. 

Top