12:50 / 21.07.2016
3931

Yerevandagi to‘qnashuvlar oqibatida jabrlanganlar soni 51 nafarga yetdi

Foto: © RIA Novosti

Armaniston poytaxti Yerevanda politsiyachilar va namoyishchilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida jabrlanganlar soni 51 nafarni tashkil qilmoqda.

"Tibbiyot muassasalariga murojaat qilganlarning 28 nafari politsiyachilar", deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Qayd etilishicha, ularning hayotiga tahdid yo‘q, zarur barcha tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Top