12:14 / 21.07.2016
4438

Turkiyalik amaldor: Favqulodda holat mamlakatdagi demokratiyani mustahkamlaydi

Foto: Sputnik-georgia

Turkiya hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshekning bayonotiga ko‘ra, mamlakatda favqulodda holat tartibining joriy etilishi, oddiy fuqarolar hayoti va tadbirkorlarning faoliyatiga ta'sir qilmaydi. Balki, demokratiya, bozor iqtisodiyoti va investitsion sharoitning mustahkamlanishiga yordam beradi, deb xabar qilmoqda Reuters.

U, shuningdek, mamlakat inson huquqlarini ta'minlash borasida ortga chekinmasligiga ishonch bildirgan. 

Avval xabar berilganidek, Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda 3 oy muddatga favqulodda holat tartibini joriy qilgan edi. Undan ko‘zlangan maqsad, harbiy davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlarga samarali choralar ko‘rishdir.

Top