18:11 / 21.07.2016
6684

Xakerlar "Olmaota issiqlik tarmog‘i" nomidan shaharliklarni haqoratlashdi

Foto: facebook

Xakerlar "Olmaota issiqlik tarmog‘i" nomidan shahardagi foydalanuvchilarga soxta maktublar yuborib, ularni haqoratlagan. So‘kish so‘zlari yozilgan ogohlantirish maktubining suratini kompaniyaning sobiq rahbari Davron Alimbekov Facebookdagi sahifasiga joylashtirgan, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

"Qozoqchani tushunmaydiganlarga: nemis santexniklari to‘g‘risidagi filmni tasavvur qiling. Agar siz qarzingizni to‘lamasangiz, ular siz bilan aynan shunday qilmoqchi", - deya izoh qoldirgan Alimbekov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi maktub shaharning yarim aholisiga yetkazilgan. 

"Olmaota issiqlik tarmog‘i" matbuot kotibasi Natalya Inkinaning izoh berishicha, shaharliklar xakerlar hujumi sabab bu kabi maktublarni olishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arazgo‘ylar kompaniya serveriga hujum qilishgan. Biroq, bundan xabari bo‘lmagan xodimlar, maktublarni chop etib, manzillarga yuborishgan. 

"Ayni vaqtda, biz kompaniya saytida rasman uzr so‘radik. Biz albatta, mijozlarimizga yangi maktub yuboramiz", -degan Inkina Tengrinews.kz muxbiriga. 

Uning aytishicha, bunday maktublar asosan, shaharning Bostandik va Olmali tumanlari aholisiga tarqatilgan. 

 

Mavzuga oid
Top