11:22 / 21.07.2016
8851

Xorazmda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati VII hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 iyul kuni Urganch shahridagi “Ma'naviyat targ‘ibot markazida” “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati Kengashining VII hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu konferensiyada iqtidorli yoshlardan tashkil topgan 150 ta delegat ishtirok etdi. Konferentsiya ishtirokchilari va mehmonlarni iqtidorli yoshlar tomonidan takshil qilingan ko‘rgazma bilan kutib olishdi. 

Unda Harakatning Xorazm viloyati Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konferentsiyalarda saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Harakat hududiy bo‘limlarining oliy organi hisoblangan Konferentsiyalar 2,5 yilda bir marta chaqirilib, unda Kengashning o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisobotini tinglanadi, kelgusidagi ustuvor vazifalari belgilanadi, shuningdek, Kengash raisi va uning o‘rinbosarlari, nazorat-taftish komissiyasining tarkibi saylab olindi.

Konferentsiya kun tartibidagi birinchi masala “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati Kengashining va nazorat-taftish komissiyasining o‘tgan davrdagi olib borgan ishlar haqidagi hisoboti hamda endilikda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalar haqida so‘z bordi. 

Harakatning Xorazm viloyati Kengashining amaldagi raisi Bekzod Abdirimov Harakatning o‘tgan davrda olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi. 

Kengash a'zolari mahalliy kengash konferensiyalarida saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda OAV lari bir ovozdan harakatning Xorazm viloyati kengashi raisi lavozimiga Abdrimov Bekzod Muratbayevich saylandi.

Top