18:04 / 21.07.2016
6344

Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Xulen Lopotegi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi deb e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Lopotegi oxirgi marta «Portu»da ishlagan. Portugaliyadagi bu jamoadan shu yilning yanvarida ketgan edi.

Yevropa chempionatidan keyin Visente del Boske Ispaniya terma jamoasini tark etishini ma'lum qildi. U bilan jamoa 2010 yilda jahon chempioni, 2012 yilda Yevropa chempioni bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz

Top