11:33 / 21.07.2016
3571

«MYu» «Manchester Siti»ga o‘tish arafasidagi Bonuchchini «ilib ketmoqchi»

«Manchester Yunayted» «Yuventus»ning italiyalik markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi uchun kurashga qo‘shildi. Bu futbolchi uchun shu vaqtgacha «Manchester Siti» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida raqobat kechayotgandi.

ESPN ma'lumotiga ko‘ra, bu futbolchini sotib olish g‘oyasi «MYu» turinliklar jamoasida Pol Pogbani xarid qilish bo‘yicha jarayon davomida tug‘ilgan.

«Yuventus» Bonuchchini 60 million yevroga sotishni mo‘ljallagan.

Agar u «MYu»ga o‘tsa, manchesterliklar jamoasini Markos Roxo yoki Fil Jons tark etishiga to‘g‘ri keladi.

Bundan oldinroq Bonuchchining «Manchester Siti»ga o‘tishi masalasi hal bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top