09:38 / 21.07.2016
5938

OAV: «Yuventus» «Manchester Yunayted» bilan Pogbaning transferi borasida kelishuvga erishdi

«Manchester Yunayted» va «Yuventus» fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Fransiyadagi L'Equipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi «qizil iblislar» jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

Nashrda yozilishicha, yaqin vaqt ichida tomonlar shartnomani imzolaydi. Transfer qiymati 120 mln yevroni tashkil qilishi aytilgan.

Bundan oldinroq "MYu" bosh murabbiyi Joze Mourino Pogbaning  o‘z jamoasiga aniq kelishiga ishora qilib qo‘ygandi.

Manba: Tribuna.uz

Top