18:34 / 21.07.2016
18929

Putin, Lenin va Obamalar xipsterlar timsolida

Foto: shimoni-illustration

Musavvir Amit Shimoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va sobiq sovet yetakchisi Vladimir Leninni xipsterlar timsolida tasvirladi. Shimonining ishlari uning loyihasi saytida chop etildi. 

Xipster timsollarida ifodalangan taniqli shaxslar orasida AQSh prezidenti Barak Obama, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp va Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonlarning suratlari bor. 

Bundan tashqari, Shimoni Britaniya qirolichasi Yelizaveta II'ning portretini ham chizgan. Rassomning to‘plamidan Avraam Linkoln, Ernesto Che Gevara, Sharl de Goll, Jordj Vashington, Ronald Reygan, Jon Kennedi, Maxatma Gandi, Mao Tszedun, Margaret Tetcher, Uinston Cherchill kabi siyosatchilarning xipsterlar obrazida tasvirlangan suratlari o‘rin olgan.


 

Mavzuga oid
Top