22:45 / 22.07.2016
5570

Myunxenning boshqa bir qismida ham o‘q ovozlari eshitildi

Guvohlar Myunxen shahrining yana bir yirik maydonlaridan biri hisoblanuvchi Karlsplatts maydoni hududida ham o‘q ovozlari eshitilgani haqida xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq shahardagi «Olimpiya» savdo markazi yaqinida o‘t ochilishi tufayli 15 kishi halok bo‘lgan.

Myunxen metrosining bir qancha yo‘nalishlari yopib qo‘yildi.

Savdo markazi hududida politsiya tomonidan maxsus amaliyot boshlangan.

Top