19:17 / 22.07.2016
19074

OAVda jurnalist Sheremetning mashinasiga bomba o‘rnatilayotgani tasvirlangan video namoyish qilindi

Ommaviy axborot vositalarida jurnalist Pavel Sheremet portlatilgan avtomobil tagiga bomba qo‘yilayotgan videokuzatuv tasviri paydo bo‘ldi. Ushbu videotasmani Ukrainaning "Obozrevatel" nashri havola qildi.

Kameralardan birida olingan videoda tungi 00:22da avtomobilga noma'lum erkak yaqinlashadi. Manbaga ko‘ra, erkak bombani joylashtirish uchun mashina tagini tayyorlagan. 

02:33da kamera jurnalist yashaydigan uy yo‘nalishida bir-biridan masofa saqlab kelayotgan ayol va erkakni muhrlaydi. Ayolning qo‘lida sumka yoki paket  bo‘lgan. Nashrning ma'lum qilishicha, portlovchi modda aynan shu yerda bo‘lishi mumkin. 

02:38da ayol va erkak nimalarnidir muhokama qilib, so‘ng ikki xil yo‘nalishda ketishgan. 02:39da ayol ertalab Sheremet portlatilgan avtomobil oldida to‘xtagan. “Obozrevatel”ning yozishicha, shu payt noma'lum ayol bombani olib, uni mashinaning ostiga joylashtirgan. Bu payt erkak yo‘lning narigi bekatida bo‘lgan. 

Jurnalist Pavel Sheremet 20 iyul, chorshanba kuni ertalab Kiyevning markazida avtomobil portlashi natijasida halok bo‘lgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, bunga mashinaga joylashtirilgan bomba sabab bo‘lgan. Portlatilgan avtomobil "Ukrainskaya pravda" gazetasi rahbari – Sheremet bilan birga yashovchi Alyona Pritulega tegishli bo‘lgan. 

Video, na kotorom viden predpolagayemyy moment ustanovki bomby pod avtomobil Pavla Sheremeta


 

Top