17:18 / 22.07.2016
3576

Shyurrle Gyottse ortidan «Borussiya»ga yo‘l oldi

Germaniyaning «Volfsburg» jamoasi a'zosi Andre Shyurrle Dortmundning «Borussiya» jamoasi safiga o‘tdi.

25 yoshli futbolchi «Borussiya» bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnoma tuzgan.

Bundan oldingi xabarlarda, transfer qiymati 30 million yevroni tashkil qilishi aytilgandi.

Shyurrle avgust oyida dortmundlarning yana bir yangi futbolchisi Mario Gyottse bilan birga mashg‘ulotlarga kirishadi.

Manba: Tribuna.uz

Top