21:45 / 22.07.2016
6613

Josus Jyeyms Bond haqidagi navbatdagi film 2018 yildan oldin chiqmasligi ma'lum qilindi

Google image

Josus Jyeyms Bond haqidagi yangi film ekranlarga 2018 yildan oldin chiqmaydi, deb yozmoqda The Sun. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, bunga sabab bondiana prodyuseri Barbara Brokkoli bundan avval ikkita boshqa film bilan ishlamoqchi.  

Ta'kidlanishicha, agent 007 haqidagi film eng ertasi bilan 2018 yil oxiriga chiqariladi. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Brokkolida film ssenariysini yaratish va aktyor Deniyel Kreygni Bond roliga qaytishga ko‘ndirishga vaqt bo‘ladi.

Bu orada Bond roli uchun da'vogarlardan biri hisoblanayotgan aktyor Idris Elba bu haqdagi gaplarga izoh berdi. 43 yoshli aktyorning fikricha, u bondianada uning mashinalari, ayollari va martinisi bilan rol o‘ynash uchun "juda qarilik" qiladi. 

Elbaning aytishicha, u Sony Pictures kinokompaniyasi bilan Bond haqidagi filmda o‘ynashi ehtimolini muhokama qilmagan. 

Avvalroq OAV Bond roliga yangi da'vogar aktyor Jyeymi Bell bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Top