10:12 / 23.07.2016
6817

AQSh termasi Rio - 2016 da ishtirok etuvchi eng ko‘p tarkibli jamoa bo‘ldi 

Foto: RIA

Rio - 2016 Olimpiada o‘yinlarida AQSh milliy termasi eng ko‘p tarkibga ega jamoa bo‘ldi. Bu haqda Amerikaning NBC telekanali xabar bermoqda.

AQSh termasi tarkibiga 555 sportchi kirdi. Mamlakat termasi so‘nggi bor eng ko‘p tarkibda 2004 yilda Afinada o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 613 sportchi bilan musobaqaga tashrif buyurgan edi. Eng ko‘p tarkib borasida ikkinchi o‘rinda 462 sportchisi bilan Braziliya, uchinchi o‘rinda esa Germaniya (425), to‘rtinchi o‘rinda Xitoy (416) bormoqda.

Bundan tashqari, AQSh termasi tarkibida ilk bor ayol sportchilar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda (292 nafar). Erkaklar soni esa 263 nafar.

XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari 5 avgustdan 21 avgusga qadar Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi.

Top