09:08 / 23.07.2016
12738

Alisher Usmonov Rossiya Olimpiya qo‘mitasining dopingga qarshi kurashish komissiyasiga kiritilishi mumkin

Rossiya Olimpiya qo‘mitasining (ROQ) dopingga qarshi kurashish mustaqil komissiyasiga rahbarlik qilishga rozi bo‘lgan, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining faxriy a'zosi Vitaliy Smirnov bu komissiyaga Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (FIE) Alisher Usmonov, Rossiya merganlik ittifoqi prezidenti Vladimir Lisin va Rossiyaning xalqaro federatsiyalar va XOQdagi boshqa vakillari kirishi lozimligini aytdi. 

22 iyulda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ROQga doping bo‘yicha taftish o‘tkazish uchun rossiyalik va xorijliklar ishtirokida dopingga qarshi kurashish mustaqil komissiyasini tuzishni taklif qilgandi. 

"Keyingi hafta boshida mustaqil komissiyaning tarkibi bo‘ladi. Hozir men muzokaralar olib bormoqdaman, jumladan men XOQ va boshqa tashkilotlar vakillari bilan bog‘lanishga umid qilmoqdaman. O‘ylashimcha, ular bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. O‘z nomzodlarimni berib, ular bilan gaplashishni mo‘ljallamoqdaman. Biz 30 iyulda XOQ sessiyasiga boramiz, unda barcha tashkilotlar rahbarlari uchrashadilar va muloqot qilish imkoniyati bo‘ladi. 

Komissiyaning asosiy tarkibiga kelsak, biz u qanday bo‘lishini taxminan tasavvur qilmoqdamiz. Shubhasiz, bizning XOQdagi vakillarimiz, xalqaro federatsiyalardagi odamlarimiz bo‘lishi kerak. Lisin, Usmonov va yana bir necha kishi yuqori darajada bizning tashkilotlar manfaatlarini bildiradilar.  

Biz muammoning o‘zini taftish qilib, uni bartaraf etish bo‘yicha nimalar qilish kerakligini tavsiya qilishimiz kerak", deb Smirnovning aytgan so‘zlarini " R-Sport" nashri keltirib o‘tdi.

Top