18:08 / 23.07.2016
7619
"Bavariya" Myunxendagi teraktda halok bo‘lganlarga ta'ziya bildirdi

"Bavariya" futbol klubi Myunxenda sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlarga ta'ziya bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni noma'lum kimsa otishma sodir etdi. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 9 yoki 10 kishi halok bo‘lgan. 20 kishi jarohatlangan. Ayrimlarining ahvoli juda og‘ir.

– Bizning xayollarimiz va hamdardligimiz Myunxendagi teraktda halok bo‘lganlar bilan. O‘zingizni ehtiyot qiling! – deyiladi matbuot xizmati qoldirgan ma'lumotda.

Top