07:14 / 23.07.2016
7810

Deputatlar ba'zi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini qabul qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasida bir guruh deputatlar tomonidan tashabbus bildirilgan hamda "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi bilan bog‘liq holda ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha ba'zi qonunchilik hujjatlarini "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi qonunga mos holga keltirishga qaratilgan va parlament nazoratining muayyan shakllarini amalga oshirish me'yor va tartibotlarini yanada takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

Deputatlar muzokaralar natijasiga ko‘ra qonun loyihasini ma'qulladilar va uni birinchi o‘qishda qabul qildilar. Javobgar qo‘mitaga hujjatni kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash topshirildi.

Top