22:56 / 23.07.2016
11525

Erdo‘g‘an mingdan ko‘proq xususiy maktablarni yopishni buyurdi

Foto: AFP

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an islom imomi Fathulla Gulen bilan aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan mingdan ko‘proq xususiy maktablarni yopishni buyurdi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Ta'kidlanishicha, mamlakatda davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin Erdo‘g‘an ma'muriyati 1043 ta xususiy maktab, 1229 ta jamg‘arma va uyushma, 35 ta tibbiyot muassasasi, 19 ta kasaba uyushma va 15 ta universitetni yopishni buyurgan. Ma'lum qilinishicha, ularning mulki davlatga topshiriladi.

Top