17:35 / 23.07.2016
8084

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyat Kengashining VII Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Andijon Davlat universitetining majlislar zalida “Kamolot” YoIH Andijon viloyat Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mashvaratda Harakatning Andijon viloyat Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konferentsiyalarida saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Hozirgi kunda Harakatning Andijon viloyat Kengashi o‘z atrofida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 314458 nafardan ortiq yigit-qizni hamda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 153716 nafarga yaqin bolalarni birlashtirgan bo‘lib, ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida tashkil etilgan 1085 boshlang‘ich tashkiloti mavjud. 

Harakat demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirish, mustaqil fikrlaydigan, o‘z hayotiy pozitsiyasi va mustahkam e'tiqodga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandligini ta'minlash, iqtidor sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi muhim yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Andijon yoshlarini birlashtiruvchi Harakat ushbu sohalarda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklikda yoshlar uchun yuzlab kerakli hamda qiziqarli loyihalarni amalga oshirilmoqda.

Konferentsiyani olib borish tartibi belgilanib, hay'at a'zolari tarkibi saylangach, hisobot taqdim etish uchun so‘zga Harakatning Andijon viloyat Kengashi raisi Elyorbek Abduqodirov chiqib, videorolik shaklida tayyorlangan hisobotni taqdim etdi.

So‘ngi ikki yarim yil mobaynida Harakatning birgina yoshlarning ijtimoiy faolligingi oshirish, ularning demokratik-huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonini ta'minlash sohasida tashkil etilgan yirik loyihalardan “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida 283 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 28026 nafar yoshlar, “Yosh qutqaruvchi” loyihasi doirasida 750 marotaba musobaqalar o‘tkazilib, 13884 nafar yoshlar qamrab olindi, “Sud va yoshlar” loyihasi doirasida 323 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, 14258 nafar yoshlar “Siz qonunni bilasizmi?” loyihasi doirasida 2364 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, unda 168275 nafar yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar ishtiroki ta'minlandi. 

Ma'naviy-ma'rifiy sohada o‘tkazilgan yirik loyihalardan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida o‘tkazilagan yoshlar festivali doirasida 284 marotaba uchrashuvlar davomida 1224000 nafar yoshlar, “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari bo‘yicha 820 marotaba bellashuvlar o‘tkazilib, unda 42950 nafar yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqalari doirasida 15530 nafar, “Farzandlik burchim” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarda  22356 nafar yosh avlod vakillari qatnashdilar.

Yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandligini ta'minlash sohasida o‘tkazilgan “Yosh tadbirkor — yurtga madadkor”, “Mening biznes g‘oyam” loyihalar doirasida tadbirlar tashkil etilib, 63955 nafar yoshlar qamrab olindi, Ta'lim va mutaxassislik ko‘rgazmalari doirasida 51 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, 24975 nafar yoshlar qamrab olindi, “Bunyodkor” yoshlar mexnat harakati doirasida 110 marotaba mehnat obektlarida ish olib borilib, 45000 nafar yoshlar qamrab olindi.

Iqtidorli yoshlarning ijodiy faolligini qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida  o‘tkazilgan ko‘plab loyihalar -  sportni rivojlantirish va o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan kamol toptirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan loyihalarda ham viloyatning juda ko‘plab yoshlari ishtirok etdilar. 

Konferentsiya davomida Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqib, barcha konferensiya ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi. Harakatning Andijon viloyat Kengashi hozirgi kunda viloyat yoshlarining chinakam suyanchi va tayanchi bo‘lib kelayotgani haqida to‘xtalib, jumladan o‘tkazilayotgan loyihalar yoshlarning orzu-intilishlari, maqsadlarini amalga oshirib kelayotgani haqida so‘zlab, barcha viloyat yoshlariga o‘zining samimiy ishonchini bildirdi.

Konferentsiyada so‘z olgan Harakatning Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilshodbek Qulmatov viloyat Kengashining ikki yarim yillik faoliyatini qoniqarli deya baholab, Harakatning viloyat Kengashi  raisligiga Elyorbek Abduqodirov nomzodini tavsiya etdi. Delegatlar bir ovozdan Elyorbek Abduqodirov nomzodini ma'qulladilar.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top