00:06 / 23.07.2016
4971

Lukashenko beloruslarni Turkiya va Qozog‘istondagi kabi tartibsizliklar uyushtirmaslikka chaqirdi

Foto: belta.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat fuqarolarini "Armaniston va Qozog‘istondagi kabi" aksiyalar va tartibsizliklar uyushtirmaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda "BelTA".

Lukashenko hukumatga qarshi bunday namoyishlar jamiyat ichiga kirib, juda tez tarqashi mumkin bo‘lgan "kasallik" hisoblanishini aytdi.

Lukashenkoning aytishicha, uni yo‘q qilish uchun "ko‘plab sa'y-harakatlar, vositalar va xudo ko‘rsatmasin, hayotlar" talab qilinadi.

"Hech qachon hech narsadan qo‘rmang, men yoki istagan odam haqida gapiring, biroq Turkiyadagidek prezident va hukumatga qarshi "janglar"  faqat saylovlarda bo‘lishi mumkinligini esda saqlang", deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.  

Lukashenko Belarus fuqarolari parlament va prezidentlik saylovlarida qanday istasalar shunday ovoz berishga haqli ekanliklarini ta'kidlab o‘tdi.

Top