09:10 / 23.07.2016
4833

Myunxen politsiyasi otishmani bir kishi uyushtirganini aytmoqda

Foto: MrFilmkritik/twitter

Myunxen politsiyasining dastlabki tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, mergan bir kishi bo‘lgan va jinoyatdan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan. 

«Tergov vaqtida o‘zini o‘ldirgan shaxsning jasadiga duch kelindi. Ehtimol bu yakka holda harakat qilgan hujumchidir», — deyiladi politsiya Tvitterida. 

Qo‘shimcha ma'lumotlar, birmuncha vaqtdan so‘ng tashkil etiladigan matbuot-anjumanida taqdim etiladi. 

Bungacha, portlovchi moddalar mutaxassislari qizil ryukzak taqib olgan inson jasadini tekshirayotgani ma'lum qilingandi. 

22 iyul kuni kechqurun noma'lum kimsa Myunxenning «Olimpiya» savdo markazida otishma sodir etgan. Uning sabablari hozircha aniqlanmagan. 

Shu munosabat bilan, GFR hukumati 23 iyulni mamlakatda motam kuni deb e'lon qildi.

Top